Xitoylik olimlar Yerni asteroidlardan qutqarish usulini aytdi

Olam

image

Xitoylik olimlar Yerni asteroidlardan himoya qilish uchun imkon qadar tezroq yadroviy qurol va og‘ir raketalarni yaratishga chaqirdi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.

Pekindagi Kosmik kemalar tizimlari muhandisligi institutining tadqiqotchilari guruhi Yerga yirik asteroid yaqinlashsa, uning to‘qnashuvini faqat yadro quroli bilan to‘xtatish mumkinligini ma’lum qildi.

Oyni o‘rganish bo‘yicha Xitoy avtomatik sayyoralararo stansiyasi bosh konstruktori o‘rinbosari Chjan Xening so‘zlariga ko‘ra, Yer va yirik asteroid o‘rtasidagi to‘qnashuv xavfi avvalgi ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha oshdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, astronomlar 30 mingga yaqin asteroidni aniqladi, ammo bu hali "aysbergning uchi" bo‘lishi mumkin.

Chjan Xe samoviy jismlarning parvoz yo‘lini o‘zgartirishning turli usullari samaradorligini tahlil qilgan. Ular orasida kinetik effektlar, lazerlar, xavfli asteroidlar yuzasiga raketa yoki plazma dvigatellarini nazariy o‘rnatish kiradi.

Shuningdek, olimlar diametri 140 metrdan oshmaydigan asteroidlarni zararsizlantirish uchun kinetik ta’sirlar yetarli bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keldi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, agar yirik samoviy jism bilan to‘qnashuvga bir haftadan kamroq vaqt qolgan bo‘lsa, yadro kallaklarini ishga tushirish insoniyatni qutqarishning yagona yo‘li bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik olimlar Oy tuprog‘idan suv ishlab chiqarish usulini ishlab chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

olimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing