Qozog‘istonda kartoshkaning yangi navi yaratildi

Olam

image

Qozog‘istonlik olimlar yuqori hosildor va kasalliklarga chidamli yangi kartoshka navini yaratdi. Bu haqda Qozog‘iston Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yangi nav “Aytxojin” deb nomlangan bo‘lib, Qozog‘iston Meva-sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Murat Aytxojin nomidagi Molekulyar biologiya va biokimyo instituti mutaxassislari hamkorligida yaratilgan.

Olimlar Qozog‘istonning tuproq-iqlim sharoitiga moslashadigan, yuqori hosil beradigan va kasalliklarga chidamli kartoshka navini yaratishni maqsad qilgan. Yangi navni yaratishda an’anaviy seleksiya usullari bilan bir qatorda zamonaviy biotexnologik va molekulyar-genetik texnologiyalardan foydalanilgan.

Ma’lum qilinishicha, tadqiqotlar 267-byudjet dasturi hamda 2024 – 2026 yillarga mo‘ljallangan dasturiy-maqsadli moliyalashtirish loyihasi doirasida amalga oshirilgan.

Loyiha kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishni barqaror rivojlantirish, seleksiya va urug‘chilikni takomillashtirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025 yilda kartoshkachilikni rivojlantirish uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 400 milliard so‘m yo‘naltirilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing