Xitoylik nufuzli amaldor Parijda to‘nab ketildi
Olam
−
09:25 441 1 daqiqa
Xitoylik yuqori martabali amaldor Parijning nufuzli tumanlaridan birida sodir etilgan talonchilik qurboniga aylandi. Jinoyatchilar uning uyiga bostirib kirib, bir necha million yevroga baholanadigan qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda TF1 telekanali xabar berdi.
Telekanalga ko‘ra, hodisa joriy yil 30 yanvarga o‘tar kechasi Fransiya poytaxtining 16-okrugida yuz bergan. Ikki nafar bosqinchi tongga yaqin amaldorning uyiga kirib, uxlab yotgan erkakka hujum qilgan va uning bosh qismiga jarohat yetkazgan. Shundan so‘ng ular uyni tintuv qilib, soatlar va boshqa qimmatbaho taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan.
Jinoyatchilar ketganidan so‘ng jabrlanuvchining o‘zi politsiyaga murojaat qilgan. U shifoxonaga yotqizilgan, hozirda hayotiga xavf yo‘q. Yetkazilgan moddiy zarar 6–7 million yevroga baholanmoqda. Talonchilik chog‘ida maxfiy ma’lumotlar o‘g‘irlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Citi” himoyachisi Ruben Diashning uyi Chempionlar ligasi doirasida Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasiga qarshi uchrashuv vaqtida talon-toroj qilingan edi.