Xitoyga kirish osonlashdi

Olam

image

2025 yil 20 noyabrdan boshlab Xitoyga tashrif buyuruvchi sayohatchilar kirish kartalarini raqamli shaklda to‘ldirishlari mumkin. Bu haqda "Aerotur" xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yangilangan tizim xorijiy fuqarolar uchun kirish jarayonini soddalashtiradi. Sayohatchilarga shaxsiy ma’lumotlarini parvozdan oldin s.nia.gov.cn saytida yoki mamlakatga yetib kelgach, onlayn tarzda to‘ldirish imkoniyati yaratildi.

Tizim tomonidan ariza tasdiqlangach, maxsus QR-kod yaratiladi va pasport nazoratidan o‘tishda aynan shu kodni ko‘rsatish kifoya bo‘ladi.

Shu bilan birga, an’anaviy qog‘oz shaklidagi kartalar ham qo‘llanilishda davom etadi – xohlovchilar ularni odatdagidek aeroportda to‘ldirishi mumkin.

Elektron kirish kartasi turistlar, ish safari bilan kelgan xorijliklar, shaxsiy taklifnoma asosida tashrif buyuruvchilar uchun hamda viza bilan ham, vizasiz kirishda ham majburiy hisoblanadi.

Biroq tranzit yo‘lovchilar va hukumat delegatsiyasi a’zolari elektron kirish kartasini to‘ldirishlari shart emas.

Mutaxassislar elektron kartaning asosiy qulayligi tezkorlik ekanini ta’kidlamoqda. E’tiborlisi shundaki, QR-kod 24 soat davomida amal qiladi. Shu bois, uni oldindan to‘ldirish shart emas.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati chiptalariga ega bo‘lgan sayohatchilar uchun viza tayinlash jarayoni tezlashtirilishini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, FIFA’ning yangi “PAS” tizimi “uzoq kutish vaqtiga ega bo‘lgan chipta egalari”ga elchixonalar va konsulliklarda birinchi navbatda suhbat qilish imkonini yaratadi.  

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy sayohatchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing