Xitoydagi iPhone ishlab chiqariladigan zavodda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Olam

image

Xitoyning Shenchjen shahridagi Foxconn kompaniyasi zavodida katta yong‘in sodir bo‘ldi.  

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, zavod hududida olovdan tashqari portlashlar ham kuzatilgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, aynan shu zavodda Apple smartfonlari ishlab chiqariladi. 

“C 11” binosining tasvirlari juda katta yong‘inni ko‘rsatib, voqea joyiga ko‘plab o‘t o‘chirish brigadalari jalb qilingan bo‘lsa ham, Foxconn yong‘in darhol yo‘q qilingani va uning sabablari o‘rganilayotgani to‘g‘risida bayonot bergan. Kompaniya ushbu hodisa natijasida na odamlar va na ishlab chiqaruvchilar jabrlangan deb da’vo qilmoqda. 

Xabar qilinishicha, Shenzhen Guanlan Foxconn Apple smartfonlari uchun juda muhim ishlab chiqarish bazasidir. 

Ta’kidlanishicha, zavodda 100 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Korxona mahalliy iqtisodiyotda muhim o‘rin tutgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Xitoy

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing