Xitoyda yana bir xavfli kasallik tarqaldi. Noma’lum kasallikka bolalar chalinmoqda

Olam

image

Xitoy shimolidagi shifoxonalarning bolalar bilan to‘lib ketgani haqidagi xabarlar ortidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydan noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berishini so‘radi. Bu haqda "Al Jazeera" xabar berdi.

Unga ko‘ra, avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi Xitoyda respirator kasalliklar bilan kasallanish holatlari ko‘paygani haqida xabar bergan. Keyin Xitoy rasmiylari buni antikovid cheklovlari olib tashlanishi va ma’lum gripp viruslarining tarqalishi bilan izohlagandi.

JSSTning ma’lum qilishicha, tashkilot Xitoyga respirator kasalliklar va bolalarda pnevmoniya epidemiyalarining ko‘payishi haqida batafsil ma’lumot berish uchun rasmiy so‘rov yuborgan.

Xorijiy nashrlar ham Xitoy shimolidagi bolalarda noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida ProMed (dunyo bo‘ylab odam va hayvonlar kasalliklari tarqalishini kuzatuvchi) ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda. 

"Xitoy shifoxonalari kasal bolalar bilan to‘lib ketgan va epidemiya Pekingacha yetib kelgan", deyiladi Britaniyaning "The Telegraph" nashri xabarida. 

Tayvanning FTV News telekanali ham Pekin va Liaoning shifoxonalari kasal bolalar bilan to‘lib ketgani haqida ma’lum qilib, kasallikning belgilarini izohlagan. Jumladan, "bemorlarda kasallikning hech qanday alomati yo‘q bo‘lsa-da, ularda yuqori harorat kuzatilib, ko‘pchiligining o‘pkasida tugunlar paydo bo‘layotgani"ni qayd etgan. 

Xorijlik mutaxassislarning fikricha, Xitoy bu kabi ma’lumotlarni yashirishga urinmoqda va ularning internetda sizib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinyapti.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Xitoy kasallik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing