Xitoyda o‘zbekistonlik talabalar YTHga uchradi

Olam

image

Xitoyning Nankin shahrida ikki O‘zbekiston fuqarosi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ulardan biri halok bo‘ldi.

O‘zbekistonning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 23 iyul kuni Nankin pochta va telekommunikatsiya universiteti (Szyansu provinsiyasi) talabalari o‘zbekistonlik M.T. va S.Sh. uchinchi shaxslarning ishtirokisiz motosiklda yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

M.T. voqea joyida halok bo‘lgan, S.Sh. jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Bosh konsulxona xodimlari tomonidan mazkur masala nazoratga olingan va shu kunning o‘zida ular konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Nankin shahriga jo‘nab ketgan. Universitet va Nankin shahri huquqni muhofaza qilish organlari rahbariyati hamda shahar shifoxonasining davolovchi shifokorlari bilan aloqa o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xitoy

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing