Xitoyda muz shahri barpo etildi (fotojamlanma)

Bu qiziq

image

Xitoyning Xarbin shahrida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan muz festivali bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir uchun juda katta hududda muz qasrlari qurilib, rang-barang chiroqlar bilan bezatildi. 

Festival o‘tgan yilning 17 dekabridan tomoshabinlar uchun o‘z eshiklarini ochgan. Ammo rasmiy ochilish marosimi 2024 yil 5 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar bu go‘zallikdan mart oyida kunlar isib, muz erishni boshlagunga qadar bahramand bo‘lishi mumkin.

Xarbin muz shahrida “Disneyland”ning muzdan yasalgan nusxasi mavjud bo‘lib, u yerda tomoshabinlar malika Elzaning libosini kiyib ko‘rishi va 300 metrli super sirpanchiqda uchishi mumkin.

Shuningdek, "qirollik"ning bir nechta bo‘limlari mavjud bo‘lib, “Quyosh oroli” maydonida butun dunyo haykaltaroshlari tomonidan yasalgan ulkan qor haykallari namoyish etiladi. “Jaolin bog‘i” esa bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda rang-barang chiroqlar hamda 300 ta muz haykallarini ko‘rish mumkin. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Disneyland" va “Quyosh oroli”ga kirish narxi 42 AQSH dollaridan 49 dollargacha etib belgilangan. "Jaolin bog‘i"ga esa bepul tashrif buyurish mumkin. 

Ma’lumot uchun, festival 60 yildan beri Xeylunszyan provinsiyasi markazi – Xarbin shahrida o‘tkazib kelinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy muz Disneyland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing