Xitoyda kuchli suv toshqini oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi (fotoreportaj)

Olam

image

Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida uzoq davom etgan yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, uch kishi bedarak yo‘qoldi, 1,75 milliondan ortiq mahalliy aholi zarar ko‘rdi, 120 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda provinsiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Van Sijuy ma’lum qildi. 

“Kuchli yomg‘ir natijasida provinsiyaning 11 ta shahar va 76 ta okrugida 1 757 100 kishi ofat zonasida bo‘lgan, 15 kishi halok bo‘lgan, uch kishi bedarak yo‘qolgan, 120,1 ming kishi zudlik bilan evakuatsiya qilingan, 19,5 mingdan ortiq bino vayron bo‘lgan, 18,2 tasi jiddiy zarar ko‘rgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy zarar 5,03 milliard yuanga (deyarli 780 million dollar) baholanmoqda”, degan Van Sijuy. 

Rasmiylarga ko‘ra, joriy yilning 2-7 oktyabr kunlari provinsiyada meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli kuzgi suv toshqini sodir bo‘lgan, ko‘p tumanlarda kuchli yomg‘ir bir necha kun to‘xtamagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Moliya vazirligi va XXR Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shansi va Shensi provinsiyalarida suv toshqinlari va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun 12,4 million dollardan ortiq mablag‘ ajratgan. Bundan tashqari, Xitoyning kamida 14 ta yirik kompaniyasi suv toshqinidan zarar ko‘rgan Shansi provinsiyasiga umumiy qiymati 415 million yuan (64,4 million dollar atrofida) yordam yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy toshqin

Baholaganlar

131

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing