Xitoyda fermadan 75 ta timsoh qochib ketdi

Bu qiziq

image

Janubiy Xitoyda kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari chog‘ida o‘nlab timsohlar chorvachilik fermasidan qochib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Maomin shahrida (Guandun provinsiyasi) ko‘ldan 75 ta qirg‘oq timsohlari qochib ketgan.

Ulardan ba’zilari tiriklayin qo‘lga olingan bo‘lsa, boshqalari “xavfsizlik uchun” mahalliy hokimiyat tomonidan elektr toki bilan falajlangan yoki otib o‘ldirilgan.

Davlat matbuotiga ko‘ra, rasmiylar qo‘ygan tuzoqqa atigi 8 ta timsoh tushgan.

“Qochoqlarni” ushlashda ishtirok etgan o‘t o‘chiruvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olingan katta yoshli timsohning o‘rtacha vazni taxminan 75 kg, uzunligi esa 2 metrdan oshadi.

Ma’lumot o‘rnida, Guandun provinsiyasining Maomin shahrida bir nechta timsoh fermalari mavjud. Ular qimmatbaho terisi va go‘shti uchun boqiladi.

Hukumat ferma yaqinidagi qishloqlar aholisidan uylaridan tashqariga chiqmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gonkong va Xitoy janubida rekord darajadagi yomg‘ir tufayli suv toshqinlari kuzatilayotgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

timsoh Janubiy Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing