Xitoyda dunyodagi eng tezyurar poyezd ishga tushirildi
Olam
−
21 iyul 2021
11000Xitoyda tezligi 600 kilometr soatga yetishi mumkin bo‘lgan poyezd ishga tushirildi. Bu haqda “Xinhua” davlat axborot agentligi xabar berdi.
Transportning taqdimoti kecha, 20 iyul kuni Shandun provinsiyasining Sindao shahrida bo‘lib o‘tdi.
Nashrning ta’kidlashicha, u dunyoda bunday xususiyatlarga ega bo‘lgan quruqlik transportining birinchi modeli. Poyezdning asosiy xususiyati magnit yostiq bo‘lib, u shovqinni kamaytiradi va haydash paytida temir yo‘l yuziga tegmaslikka imkon beradi.
China Railway Rolling Stock ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy ushbu transportni rivojlantirgan yagona mamlakatdir.
Avvalroq, Xitoyning Shanxay shahrida dunyodagi eng yirik planetariy ochilgani haqida xabar bergandik. Asosiy binoning umumiy maydoni 38 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Qo‘shni inshootlarga ega majmua 58,6 ming kvadrat metr maydonda joylashgan.
LiveBarchasi