Xitoyda 6 qavatli bino quladi 

Olam

image

Bugun, 29 aprel kuni Xitoyning markaziy qismidagi Xunan provinsiyasidagi Chansha shahrida olti qavatli bino qulab tushdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.  

Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Voqea Chansha tibbiyot instituti yaqinidagi Vanchen tumanida sodir bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan soat 12:50 da (Toshkent vaqti bilan 09:50) o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilarning birinchi guruhi voqea joyiga yetib kelgan. 

Binoning umumiy maydoni taxminan 800 kvadrat metrni tashkil etadi, birinchi qavatda do‘konlar, ikkinchi qavatda umumiy ovqatlanish joylari, uchinchi qavatda xususiy kinoteatr, 4-6-qavatlarda kichik mehmonxona joylashgan. Oltinchi qavatning tepasida bino egasiga tegishli boloxona ham bo‘lgan. 

Qulash sabablari aniqlanmagan, hodisa vaqtida binoda qancha odam bo‘lgani ham hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing