Xitoy yoki Rossiya? Pentagon qaysi biri eng xavfli ekanini ma’lum qildi

Olam

image

Qisqa muddatda Rossiya AQSH uchun Xitoydan ko‘ra katta muammo tug‘dirishi mumkin. Bu nuqtai nazar Pentagon matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilingan.  

“Rossiya tobora kuchayib borayotgan raqibga aylanyapti, u jahon miqyosida o‘z ta’sirini kuchaytirishga va buzg‘unchilik rolini o‘ynashga, shu jumladan G‘arbda nizo tashlashga urinishda davom etmoqda”, degan AQSH Mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Kol Litvada bo‘lib o‘tgan konferensiyada. 

Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning xatti-harakati — Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va kibersohada AQSH hamda uning ittifoqchilari uchun asosiy muammo. 

“Ko‘pincha Moskva shaffoflik va bashorat qilish qobiliyatiga putur yetkazadi, o‘z maqsadlariga erishish uchun harbiy kuch ishlatadi. Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning NATOning sharqiy “qanoti” va Qora dengiz mintaqasidagi harbiy faoliyatini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda”, degan Kol. 

Amerika Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning chaqiriqlariga ehtiyotkorlik bilan qaraydi. 

“Biz Rossiya bilan kollektiv kuchlar pozitsiyasida shug‘ullanamiz. AQSHning Yevropadagi kuchlari kuchli, tayyor va moslashuvchan bo‘lib qolmoqda, ular ishonchli va samarali tiyilish imkoniyatini beradi”, degan Kol.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy

Baholaganlar

874

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing