Xitoy Tojikistonda maxfiy harbiy baza qurmoqda – “The Telegraph”

Olam

image

Xitoy Tojikiston hududida o‘n yildan beri yashirin harbiy baza qurmoqda. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Manba tomonidan e’lon qilingan videoyozuvda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar aks etgan.

“Xitoy o‘zining ilg‘or mudofaa chizig‘ining bir qismi sifatida Markaziy Osiyo davlatiga o‘q-dorilar va harbiy texnologiyalarni yetkazib bermoqda. Bu esa “Tolibon” boshqarayotgan Afg‘onistonning xavfsizlikka tahdidi kuchayib borayotganidan dalolat beradi”, deya yozadi nashr.

Gazetaga ko‘ra, rasmiy Pekin iqtisodiyotga katta sarmoya kiritgandan so‘ng, qo‘shni davlat bilan harbiy ta’sirini oshirishga intilmoqda. Bu, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya o‘rniga Xitoy va hatto Turkiyani iqtisodiy va harbiy hamkori sifatida qabul qilish tendensiyasidan biridir.

“Xitoy 2016 yilda Tojikiston bilan xavfsizlik shartnomasini imzolagan. Pekin qariyb o‘n yildan beri bu maxfiy bazani dunyoning eng chekka burchaklaridan birida qurmoqda. Pekin qo‘shni davlatlarda ham xuddi shunday yo‘l tutishni rejalashtirayotganidan xavotir kuchaymoqda. Chunki Rossiyaning iqtisodiy va xavfsizlik bo‘yicha odatiy hamkori bo‘lgan Xitoy Moskva tomonidan Ukrainada urush harakatlari olib borilayotgan paytda Tojikiston bilan munosabatlarni kuchaytirmoqda”, deya yozgan gazeta.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 4 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin rasmiy tashrif bilan Tojikistonga bordi. Xitoy rahbari Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston joriy yilning iyul oyida Afg‘oniston bilan chegarani mustahkamlash bo‘yicha Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXSHT) dasturini imzolash tashabbusi bilan chiqishni taklif qilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon harbiy baza Xitoy Tojikiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing