Xitoy Tayvanni qurshab oldi – OAV
Olam
−
03 avgust 2022
25801Tayvan yaqinidagi uchta suv zonasida Xitoy armiyasining mashqlari boshlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi Sharqiy hudud jangovar qo‘mondonligi rasmiy vakili Shi I harbiy mashg‘ulotlar boshlanganini ma’lum qildi.
“2 avgust kuni kechqurun Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi Tayvan oroli atrofida bir qator qo‘shma harbiy amaliyotlar, shuningdek, Tayvanning dengiz va havo kengliklarida shimol, janubi-g‘arbiy va janubi-sharqiy hududlarda havo va dengiz kuchlarining qo‘shma mashqlarini boshladi, degan Shi I.
Ba’zi nashrlar Xitoy harbiy mashg‘ulot bahonasida Tayvanni qurshab olgani haqida yozmoqda.
Nensi Pelosi kecha, 2 avgust kuni kechqurun Taypeyning Sonshan aeroportiga yetib keldi, bu AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikerining 1997 yildan beri orolga qilgan ilk safari bo‘ldi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi siyosatchining tashrifiga keskin norozilik bildirdi va uni qoraladi. Uning safari “Yagona Xitoy” tamoyili va uchta Xitoy-AQSH kommyunikelari qoidalarini jiddiy ravishda buzadi. Pekin, shuningdek, Vashingtonni Xitoyni nazorat qilish uchun Tayvandan foydalanishni to‘xtatishga chaqirdi. Bundan tashqari, diplomatik departament mamlakat suverenitetini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishiga ishontirdi.
Oq uyning fikricha, Pelosining Tayvanga tashrifi Xitoy suverenitetini buzmagan, AQSH ma’muriyati esa “o‘zini qo‘rqitishga yo‘l qo‘ymasligiga” ishontirgan. Amerika rasmiylari mintaqada keskinlikning kuchayishiga hech qanday sabab yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Kreml Pelosining safarini mintaqadagi keskinlikni kuchaytiruvchi provokatsiya deb atadi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov dunyoning barcha davlatlari buni qayd etayotganiga e’tibor qaratdi va Rossiyaning Xitoy bilan birdamligini qayd etdi.
LiveBarchasi