Xitoy Rossiyadan yashirincha neft sotib olyapti – FT
Olam
−
04 may 2022
9884Xitoy neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya neftini katta chegirma bilan sotib olmoqda, ammo AQSH sanksiyalaridan qochish uchun buni yashirincha amalga oshirmoqda. Bu haqda Kpler kompaniyasining katta neft tahlilchisi Jeyn Se aytdi.
“Xitoy Rossiya neftini ko‘proq sotib olishi tabiiy. Ammo Xitoy [Qo‘shma Shtatlar tomonidan] Hindistonga qaraganda ko‘proq nazorat ostida”, deya uning so‘zlarini keltiradi “Financial Times”.
Shuningdek, chegirmalar berilishi G‘arb davlatlari neft sotib olishni to‘xtatayotgani va Rossiyaning Ukrainadagi urushi tufayli embargo joriy etish imkoniyatlarini o‘rganayotgani bilan bog‘liqligi qayd etilgan.
Kpler kompaniyasi shuningdek, Xitoyning so‘nggi oyda Rossiyadan neft sotib olish hajmi kuniga 86 ming barrelga yetganini, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha ko‘rsatkichdan ko‘p ekanini, ta’kidlagan. Kamida oltita yirik tanker Rossiyaning Urals neftini Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarga tashish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
LiveBarchasi