Xitoy Rossiya samolyotlari uchun osmonini qisman yopdi

Olam

image

Xitoy Rossiya aviakompaniyalarining Boeing va Airbus samolyotlari uchun havo hududini yopdi. Bu haqda RBK ikki rasmiy manbasiga tayanib, xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, may oyida Xitoy aviatsiya rahbariyati barcha aviakompaniyalardan shirkat egalari, samolyotlar va yerda xizmat ko‘rsatish shartnomalari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron ma’lumotnomani yangilashni so‘ragan.

“Rossiya aviatashuvchilari bu ma’lumotni yangiladi, biroq Xitoy import qilingan samolyotlar xorijda rasman ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlashni so‘radi. Rossiya tomoni ushbu hujjatlarni topshira olmadi, shuning uchun Xitoy xalqaro aviatsiya qonunchiligiga muvofiq, fuqarolarini bunday samolyotlarda parvoz qilishidan bosh tortdi”, degan nomi oshkor qilinmagan manba.

Rossiya aviakompaniyasining yana bir manbasi samolyotlarga tegishli sertifikatsiz parvoz qilish taqiqlanganini tasdiqlagan.

RBK suhbatdoshining ta’kidlashicha, hozir boshqa davlatlarda ham xuddi shunday talablar qo‘yilmoqda – masalan, Turkiya ikki tomonlama ro‘yxatdan o‘tgan samolyotlarni boshqarishga ruxsat bermayapti.

Rossiya Federal havo transporti agentligi vakili bu ma’lumotga izoh bermadi. Ayni paytda Xitoyning Transport vazirligi, Fuqarolik aviatsiyasi ma’muriyati tomonidan ham hech qanday izoh yo‘q. 

Fevral oyi oxiridan beri G‘arb davlatlari Rossiya aviatsiya sanoatiga qarshi bir qator sanksiyalar kiritdi. Yevropa Ittifoqi Rossiya samolyotlariga o‘z havo hududidan foydalanishni taqiqladi, shuningdek, mamlakatga samolyotlar va ehtiyot qismlar yetkazib berishni to‘xtatdi. Bundan tashqari, YeI lizing kompaniyalarini Rossiya tashuvchilari bilan shartnomalarni bekor qilishga majbur qildi. Sanksiyalar doirasida lizing beruvchilar Rossiya aviakompaniyalarining laynerlarini xorijda hibsga olishni boshladi, shu sababli ular xalqaro reyslarni bekor qildi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin samolyot lizingining to‘xtatilishi haqida gapirar ekan, G‘arb davlatlari rossiyalik sheriklarni aldab, “bir tomonlama ravishda o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortganini” aytdi. Sanoatni qo‘llab-quvvatlash chorasi sifatida u ijaraga olingan xorijiy havo kemalarini Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy aviakompaniya

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing