Xitoy Rossiya bilan hamkorligiga raxna solayotgan AQSHga javob qaytardi

Olam

image

Rasmiy Pekin AQSHning Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni cheklashga urinishlaridan norozi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Litszyan brifingda aytib o‘tdi.

“Biz bir tomonlama noqonuniy sanksiyalar va ekstraterritorial yurisdiksiya qo‘llanilishiga qat’iy qarshimiz”, degan diplomat.

Uning ta’kidlashicha, Moskva va Pekin o‘zaro hurmat, tenglik va manfaatlarga asoslangan normal savdo-iqtisodiy hamkorlik olib bormoqda. Bu hamkorlik uchinchi davlatlarga qarshi qaratilgan emas va tashqi ta’sirga uchramagan.

Chjao Litszyanni qo‘shimcha qilishicha, AQSH respublikachi senatori Mark Rubio doimo Xitoyga qarshi pozitsiyada bo‘lgan va siyosiy odob-axloqi bilan nom qozonmagan.

Shunday qilib, xitoylik diplomat Rubio taklif qilgan har qanday yuridik shaxsga Rossiyadan Xitoyga neft yoki suyultirilgan gazni olib o‘tuvchi tankerlarni sug‘urtalash yoki ro‘yxatdan o‘tkazish uchun sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga izoh bergan. Senatorga ko‘ra, Rossiya neftini sotib olish bilan Pekin Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Avvalroq AQSH Kongressining respublikachi senatorlari Marko Rubio, Rik Skott va Kevin Kramer kecha, 26 iyul kuni Rossiyadan Xitoyga neft yoki suyultirilgan gaz tashuvchi tankerlarni sug‘urta qilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazgan har qanday yuridik shaxsga nisbatan jazo choralarini ko‘radigan qonun loyihasini taqdim etgani xabar qilingandi.

Rossiya Prezidenti Matbkot kotibi Dmitriy Peskov bu tashabbusga munosabat bildirib, Kreml u amalga oshmasligiga umid qilayotganini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Xitoy

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing