Xitoy og‘ir jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini 12 yoshgacha tushirdi
Olam
−
28 dekabr 2020
3330Xitoy og‘ir jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini pasaytirdi. Bu haqda "Associated Press"ga asoslanib xabar berilmoqda.
Bolalar jinoyatchiligiga qarshi kurashish maqsadida ushbu yosh 14 yoshdan 12 yoshgacha tushirildi.
Qayd etilishicha, endi 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar qasddan odam o‘ldirish, o‘limga olib kelgan tan jarohati yetkazish va o‘ta shafqatsizlik bilan jiddiy shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Boshqa jinoyatlar uchun esa bolalar axloq tuzatish muassasasiga yuborilishi mumkin.
Qabul qilingan tuzatish 1 martdan kuchga kiradi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda Xitoyda 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘spirinlar qasddan odam o‘ldirish, zo‘ravonlik va talonchilik uchun jinoiy jazoga tortiladi.
LiveBarchasi