Xitoy megaloyiha doirasida Rossiyaga pul ajratishni to‘xtatdi – FT

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoy “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida Rossiyaga sarmoya kiritishni nolga tushirdi. Bu haqda Shanxaydagi Fudan universiteti qoshidagi Yashil moliya va taraqqiyot markazi hisobotiga tayanib “Financial Times” xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, tashabbusning asosiy loyihalari hozir Yaqin Sharq mintaqasida jamlangan. Saudiya Arabistoni joriy yilning birinchi yarmida Xitoyning eng yirik hamkoriga aylandi. Tomonlar besh yarim milliard dollarlik kelishuvlarga erishgan va 2021 yilda Xitoy Iroqdagi infratuzilma loyihalariga o‘n milliarddan ortiq sarmoya kiritgan.

2013 yilda Xitoy yetakchisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi xalqaro savdo va sarmoyaviy loyihalarni faollashtirish va ko‘proq davlatlarni jalb etish hamda manfaatdor mamlakatlar kapitalidan foydalanishni nazarda tutadi. Unga 150 ta davlat qo‘shilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

469

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing