Xitoy koronavirus ustidan g‘alaba qozondi. U bunga qanday erishdi?

Olam

image
Koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘ladi? north_east

Koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘ladi?

Karantin vaqtida niqobsiz yurganlarga ma’muriy javobgarlik belgilanadi north_east

Karantin vaqtida niqobsiz yurganlarga ma’muriy javobgarlik belgilanadi

Dunyoda koronavirus pandemiyasi keng tarqalib bormoqda. Ushbu kasallik "vatani" bo‘lmish Xitoy allaqachon virus ustidan g‘alaba qilish arafasida. Karantin uchun yopilgan Uxan shahrida ham tez kunlarda yana odatiy hayot tarzi boshlanadi. Xitoy bu natijaga qanday erishdi? Boshqa davlatlar Xitoydan nimalarni o‘rganishi kerak? Rossiyalik professori Aleksey Maslov Xitoyning ushbu virus bilan qanday kurashgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Maslovning ta’kidlashicha, Xitoy, avvaliga, koronavirusning ilk tarqalish bosqichini o‘tkazib yubordi. Ammo joriy yilning 8 yanvar kuni bu juda jiddiy kasallik ekanligi ma’lum bo‘lgach, mamlakat karantin choralarini ko‘rishni boshladi. Birinchidan yordam bergan narsa voqealarga juda tez reaksiya qilish edi. Bu Xitoyni boshqa davlatlardan ajratib turadigan jihati hisoblanadi.

Muvaffaqiyatning yana bir sababi, Xitoy ma’murlari Uxanni butunlay berkitib qo‘ygani va karantin talablariga qat’iy rioya qilinganligidir. Maslovning so‘zlariga ko‘ra, aholi punktlari yopilishi munosabati bilan, Xitoy hukumati COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashishda muhim choralarni ko‘rdi, aniqrog‘i, imkon qadar aholini zarur narsalar bilan ta’minladi. Talabalar va o‘quvchilar onlayn darslarini davom ettirishi uchun internetni imkon qadar tezlashtirdi. Oziq-ovqat karantindagi shaharlarga uzluksiz yetkazib berildi. Do‘kon peshtaxtalari doim to‘la turdi. Rasmiy ravishda yopiq bo‘lgan ko‘plab restoranlar o‘z mahsulotlarini yetkazib berishga o‘tdi. Ularning ko‘pchiligida o‘z ilovalari borligi bunga yordam berdi.

Uning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati ish joylarida faoliyat yurita olmaydigan, kichik va xususiy korxonalarga sug‘urta badallarini qaytargan, bunday korxonalarni QQS to‘lashdan ozod qilgan. Deyarli barcha ishchilarga standart maosh to‘lanishini kafolatlagan. Bundan tashqari, Maslovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rasmiylari koronavirus bilan bog‘liq vahima mish-mishlar va soxta narsalarni tezda yo‘q qilgan.

Joriy yilning 23 yanvaridan boshlab, Uxan shahri koronavirus tarqalishi sababli tashqi dunyodan ajratildi. Metro, avtobuslar, mikroavtobuslar va suv transporti harakatlanishi butunlay taqiqlandi. Aeroport va temir yo‘l stansiyalari berkitildi. Shahar atrofida harakatlanish tartibi ham qat’iy cheklandi.

Yuqorida ta’kidlangan barcha choralar yordamida Xitoy koronavirusni jilovlay oldi. Hozirda mamlakatda koronavirus holatlarining qayd etilishi keskin kamaygan. Statistikaga murojaat qilsak, kasallanish bilan bog‘liq yangi holatlar, asosan, xorijdan Xitoyga kelgan odamlarda aniqlanmoqda. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasida ham koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, Toshkent shahrida jamoat transporti harakati to‘xtatildi, shaharga kirib-chiqish cheklandi. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidagi bozorlar faoliyati to‘xtatildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ichki parvozlarni to‘xtatdi. Hozirda karantin qoidalari kuchaytirib borilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Koronavirus Uxan'

Baholaganlar

354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing