Xitoy koronavirus bilan kurashishda Eronga yordam bermoqchi

Olam

image
Koronavirus Erondan Yangi Zelandiyagacha keldi north_east

Koronavirus Erondan Yangi Zelandiyagacha keldi

Xitoy yordam berish uchun Eronga mutaxassislar guruhini yubordi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Nashrning xabar berishicha, ushbu tashrifning maqsadi Eron hududida virus tarqalishining oldini olish choralarini amalga oshirishda yordam berish. Ya’ni to‘rt mutaxassisdan iborat guruhga virusga qarshi kurash bo‘yicha Xitoy tajribasini almashish vazifasi yuklatilgan.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Vang Yi Eron vaziri Muhammad Javod Zarif bilan telefon orqali suhbatida Tyehronga koronavirusga qarshi kurashda faol yordam berishni taklif qilgan edi. Xitoy Tashqi ishlar vaziri kuchlarni birlashtirish orqali rasmiy Pekin va Tyehron yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, 19 fevral kuni Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi koronavirus bilan kasallanishning birinchi holatlarini e’lon qilgandi. Hozirda mamlakatda 388 odam yuqtirilgan, 34 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron koronavirus

Baholaganlar

239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing