Koronavirus Erondan Yangi Zelandiyagacha keldi
Olam
−
28 fevral 2020 6026 1 daqiqa
Yangi Zelandiya Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga chalinishning ilk holati kuzatilgan.
Uning so‘zlari bugun, 28 fevral kuni “The New Zealand Herald” gazetasida keltirilgan.
“Koronavirusga chalingan shaxs 26 fevral kuni Oklendda aniqlangan”, deb qo‘shimcha qilgan u.
Ma’lum bo‘lishicha, bemor Erondan Indoneziyaning Bali provinsiyasiga, u yerdan esa Yangi Zelandiyaga kirib kelgan.