Xitoy G‘arbga qarshi xavfli harbiy harakatlarni amalga oshirdi – Blinken 

Olam

image

Xitoy Amerika va boshqa G‘arb davlatlariga qarshi harbiy harakatlar amalga oshirgan. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bugun, 31 may kuni Shvetsiyaga safari davomida jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Blinkenning bunday aybloviga joriy yilning 26 may kuni Xitoy qiruvchi samolyotining Janubiy Xitoy dengizi ustida AQSHning RC-135 josuslik samolyoti yonida qilgan manyovri sabab bo‘lgan. 

“Samolyotlarimiz xalqaro havo hududida uchib, muntazam operatsiyalarni amalga oshirayotgan edi. Xitoylik uchuvchi samolyotimizga juda-juda yaqinlashib, xavfli harakatlar qildi. So‘nggi oylarda nafaqat bizga, balki boshqa davlatlarga qarshi qaratilgan bunday harakatlar ketma-ketligi ortdi”, degan Blinken.

Rasmiy Pekin esa mazkur hodisani boshqacha  izohlagan. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning Qo‘shma Shtatlarni mamlakat chegarasiga harbiy texnika yuborishni to‘xtatishga chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington yaqindan razvedka o‘tkazish uchun u yerga uzoq vaqt davomida kemalar va razvedka samolyotlarini yuborgan. Bu esa XXR xavfsizligi va suverenitetiga tahdid solgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Pekin Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing