Xitoy boshqa davlatlarni Trampga qarshi “urush”ga chorladi

Olam

image

Xitoy rahbariyati o‘z amaldorlariga boshqa mamlakatlarni AQSH Prezidenti Donald Trampning bojlariga qarshi chiqishga undash uchun diplomatik kampaniya o‘tkazishni buyurdi. Bu haqda Xitoy manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, javob choralarini tayyorlashda Xitoy Kommunistik partiyasi xodimlari yetakchi rol o‘ynagan. Xususan, hukumat vakillari ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy asoschisi Mao Szedun ishtirokida “Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz”, degan videolarni e’lon qilgan.

Qayd etilishicha, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va Savdo vazirligi xodimlariga ta’tillarni bekor qilish va “mobil telefonlarni kecha-yu kunduz yoqib turish” buyurilgan.

Tramp savdo urushida to‘siqqa uchradi. Xitoy yon berishni istamayapti north_east

Tramp savdo urushida to‘siqqa uchradi. Xitoy yon berishni istamayapti

Ba’zi bir xabarlarga ko‘ra, Xitoy diplomatlari AQSH bojlari ta’sir ko‘rsatgan bir qancha davlatlarga hamkorlik qilish iltimosi bilan xatlar yuborgan, shuningdek, “AQSHning Yevropadagi, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi eski ittifoqchilari” bilan aloqalar o‘rnatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Raisi Si Szinpin Pekinda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuvda Xitoy Yevropa Ittifoqiga ko‘p qutbli dunyoda muhim siyosiy va iqtisodiy kuch sifatida qarashi va mamlakatlar orasida hamkorlikka umid qilishi haqida aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va Xitoy Tramp ma’muriyatining tariflariga qarshi birgalikda harakat qilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing