Xitoy bezgakdan xalos bo‘ldi — JSST
Olam
−
30 iyun 2021
4856Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoyga mamlakatda bezgak ustidan g‘alaba qozonilganini tasdiqlovchi sertifikat berdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan.
“Muvaffaqiyatga qattiq mehnat hamda o‘nlab yillar davomida astoydil va barqaror harakat qilinganidan keyingina erishildi. Ushbu e’lon bilan Xitoy dunyoga bezgaksiz kelajak hayotiy maqsad ekanligini namoyish qiluvchi ko‘plab davlatlar qatoriga qo‘shildi”, degan JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
Shu bilan birga, JSST 1940-yillarda Xitoyda har yili 30 milliondan ortiq bezgak kasalligi holati aniqlangani haqida eslagan.
Ma’lumot o‘rnida, Xitoy Tinch okeanining g‘arbiy mintaqasida o‘ttiz yildan ortiq vaqt ichida bezgak ustidan g‘alaba sertifikatini olgan birinchi mamlakat bo‘ldi.
Avvalroq, Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida odam birinchi marta H10N3 parranda grippiga chalingani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi