Baydenning Si Szinpin haqidagi so‘zlari ochiq provokatsiyadir – Xitoy

Olam

image

Pekin AQSH Prezidenti Jo Baydenning Xitoy Raisi Si Szinpinga nisbatan so‘nggi so‘zlariga norozilik bildirmoqda. Bu haqda bugun, 21 iyun kuni brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ma’lum qildi.

“AQSH Prezidentining so‘zlari mas’uliyatsizlik, diplomatik odob-axloq qoidalariga zid va ochiq provokatsiyadir. Xitoy keskin norozilik bildiradi”, deydi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 iyun kuni Prezident Bayden Kaliforniyada saylov kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha yig‘ilishda Xitoy rahbarini “diktator” deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Si Tszin'pin Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing