Xitoy Bayden davrida AQSH bilan muloqotni kuchaytirishga umid qilmoqda

Olam

image

Pekin Xitoy va AQSH o‘zaro hurmat ruhida muloqotni kuchaytirishi va hamkorlikni rivojlantirishi kerak. Bu haqda bugun, 15 dekabr kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin AQSH prezidentlik saylovlari natijalarini sharhlash bahonasida so‘z ochdi.

“Biz AQSHda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalarining e’lon qilinishiga alohida e’tibor qaratdik. Xitoy rahbari Si Szinpin janob Baydenga 25 noyabr kuni telegramma yubordi va uni AQSH Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Biz Xitoy va AQSH qarama-qarshiliklar ruhidagi aloqalarni kuchaytirishi kerak, degan fikrdan yiroqmiz. Bularning barchasi o‘zaro hurmat va manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, kelishmovchiliklarni bartaraf etish va sog‘lom, barqaror rivojlanishga ko‘maklashish uchun”, deydi Van Venbin brifingda.

Saylovda natijalariga ko‘ra, demokrat Jo Bayden Oq uyning amaldagi rahbari, saylov natijalarini tan olmayotgan Donald Tramp 232 ta ovoz oldi. Bayden esa, 306 ta. Ovoz berish natijalari 6 yanvar kuni Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing