Xitoy Alibaba'ga mamlakat tarixidagi eng katta jarimani solmoqchi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoyning Antimonopoliya nazorati organlari Alibaba kompaniyasiga mamlakat tarixidagi eng katta jarimani solishni o‘ylamoqda. Bu haqda "The Wall Street Journal" ma’lumotli manbalarga asoslanib xabar bergan. 

Manbalarga ko‘ra, jarima Qualcomm Inc. kompaniyasi Xitoyning antimonopoliya qonunlarini buzgani uchun 2015 yilda to‘lagan 975 million dollardan ham oshadi. 

Bundan tashqari, Xitoy Hukumati Alibaba'dan "ikkitadan birini tanlash" amaliyotidan voz kechishni talab qilishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning dekabr oyida Alibaba'ga qarshi antimonopoliya tekshiruvi boshlangan.

Alibaba Group 1999 yildan beri Xitoyning eng yirik elektron tijorat kompaniyasi hisoblanadi. 

Guruh xalqaro Alibaba.com, AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com onlayn platformalariga egalik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Alibaba

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing