Xitoy Alibaba'ga qarshi tekshiruv boshladi

Olam

image

Xitoyning bozorni tartibga solish bo‘yicha davlat idorasi Alibaba Group'ga qarshi tekshiruv boshladi

Bunga internet-gigant mahsulotlarni sotish uchun Alibaba platformalaridan foydalanuvchi kompaniyalarga bosim o‘tkazishi haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan. Alibaba bitimlar va boshqa qonunbuzarliklar bo‘yicha eksklyuziv bitimlar tuzishda gumon qilinmoqda. 

Qayd etilishicha, tergov boshlanganidan keyin Alibaba aksiyalari 11 foizga arzonlashib ketgan. Nyu-York fond birjasida 24 dekabrdagi savdolar vaqtida kompaniya aksiyalari narxi 227,1 dollargacha tushib ketgan. Bir kun avval esa ular 256,128 dollar bo‘lgan.

Buning oqibatida kompaniya kapitallashuvi 694,65 mlrd dollardan 614,5 mlrd dollargacha, ya’ni 80 mlrd dollarga qisqargan.

Ma’lumot o‘rnida, Alibaba Xitoyda eng yirik elektron tijorat platformalariga egalik qiladi, ulardan eng ommabopi Taobao. Kompaniya xaridorlar va sotuvchilarni ushbu platformalarda birlashtiradi, ularga turli xil xizmatlarni taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Alibaba

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing