Xitoyning eng yirik internet kompaniyasi jarimaga tortildi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasining Bozorni nazorat qilish va tartibga solish bosh davlat boshqarmasi mamlakatning bir qator yirik kompaniyalari, jumladan Alibaba va Tencent internet gigantlarini monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganligi uchun jarimaga tortdi.  

Ta’kidlanishicha, umuman olganda, so‘nggi paytlarda tartibga soluvchi organ tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bo‘yicha 43 ta ish qo‘zg‘atilgan va tergov qilingan. 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, boshqarma XXRning Monopoliyaga qarshi qonunining 48 va 49-moddalariga muvofiq qoidabuzarlarni ma’muriy jazolash to‘g‘risida qaror chiqargan, ularning har biri 500 ming yuan (78,2 ming dollar) miqdorida jarima to‘lashi kerak. 

Qoidabuzarlik qiluvchi kompaniyalar ro‘yxatiga Xitoyning eng yirik internet kompaniyasi Alibaba Group, internet giganti Tencent Holdings, Xitoyning eng yirik chakana sotuvchilaridan biri Suning, DiDi konglomerati va Baidu texnologiya kompaniyasi kirgan. 

So‘nggi yillarda Xitoy hukumati monopoliyaga qarshi nazoratni sezilarli darajada kuchaytirdi. Masalan, joriy yilning aprel oyida monopoliyaga qarshi qonunlarni buzgani uchun Xitoyning Bozorni nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha davlat agentligi Alibaba’ni rekord darajadagi 18,34 milliard yuan (2,78 milliard dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Oktyabr oyida mamlakat hukumati oziq-ovqat yetkazib beruvchi Meituan kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun 3,44 milliard yuan (taxminan 533 million dollar) miqdorida jarimaga tortdi. 

Joriy yilning 18 noyabr kuni Xitoyda Monopoliyaga qarshi davlat organi rasman ro‘yxatga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima Alibaba

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing