O‘zbekistonlik diplomat Norov Alibaba asoschisi Jek Ma bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Shanxay Hamkorligi Tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov xitoylik mashhur tadbirkor, Alibaba internet magazini asoschisi Jek Ma bilan uchrashdi. Bu haqda SHHT Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuv SMART CHINA EXPO — 2019 ko‘rgazmasi doirasida Xitoyning Chunsin shahrida bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda Norov Jek Mani SHHT faoliyati bilan yaqindan tanishtirgan hamda tashkilotning yaqin yillardagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida xabar qilgan. Shuningdek, Alibaba Group direktoriga SHHT davlatlarida axborot texnologiyalari va  texnoparklarni rivojlantirish hamda boshlang‘ich tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlikka taklif qilgan.

Alibaba Group direktori Jek Ma, o‘z navbatida SHHT faoliyatiga yuqori baho berib, yoshlarga va  tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar yaratishda internet va aqlli texnologiyalar roli kattaligini qayd etgan.

“Bu bizning birgalikda amalga oshiradigan ishimizdir. Alibaba juda tez o‘smoqda, lekin biz qancha daromad olganimiz bilan emas qancha ish o‘rinlari yaratganimiz  bilan faxrlanamiz” , degan Jek Ma.

“Biz ushbu uchrashuvni oldinroq o‘tkazishimiz kerak edi”, deb qo‘shimcha qildi Alibaba asoschisi.

Alibaba rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yaqin 10 yil ichida butun dunyo bo‘yicha 100 milliondan ortiq ish o‘rinlari yaratishga qaror qilganini va ushbu yo‘nalishda hududida 800 million aholi yashaydigan SHHTning roli muhimligini qayd etdi.

Do‘stona muhitda o‘tgan uchrashuv yakunida SHHT rahbari kelajakda muvaffaqiyatlari hamkorlik qilishga umid bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Norov Jek Ma Alibaba

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing