Xitoy aholisining 80 foizi Covid-19 bilan kasallandi

Olam

image

Xitoyda har 10 kishidan sakkiztasi Covid-19 bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining bosh epidemiologi Vu Zunyouga tayanib, CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘plab xitoyliklarning qamariy Yangi yil bayramini nishonlash maqsadida ko‘chaga chiqqani “dunyodagi eng katta odam migratsiyasi”ni keltirib chiqargan va infeksiyaning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Xitoy Transport vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yil 7 yanvardan 15 fevralga qadar 40 kunlik Yangi yil mavsumida 2 milliarddan ortiq yo‘lovchi sayohatga chiqadi. Chunki butun mamlakat bo‘ylab odamlar uch yildan ortiq pandemiyadan keyin birinchi marta o‘z shaharlariga oilaviy uchrashuvlar uchun qaytib keladi. 

13-19 yanvar oralig‘ida bir hafta davomida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi oqibatida 12 658 kishi vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy o‘zining “nol COVID” siyosatini to‘satdan bekor qilganidan so‘ng, 8 dekabrdan 12 yanvargacha Xitoy kasalxonalarida Covid bilan kasallangan 60 000 ga yaqin odam vafot etgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Covid-19

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing