Xitoyda koronavirusdan bir oy ichida 60 ming kishi vafot etdi – CNN
Olam
−
16 yanvar 2023
4227Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining tibbiy vakili Jiao Yaxui dekabr oyi boshida mamlakat o‘zining “nol COVID” siyosatidan to‘satdan voz kechganidan beri Xitoyda koronavirusdan 60 mingga yaqin odam vafot etdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 8 dekabrdan 12 yanvargacha Xitoyda saraton va yurak-qon tomir kasalliklari bor bo‘lgan 59 938 nafar odam COVID-19 yuqtirib vafot etgan.
Ilgari Xitoy faqat nafas yetishmovchiligidan vafot etgan bemorlarni ham COVID-19 dan vafot etganlar ro‘yxatiga kiritgan.
Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi veb-saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, kasalxonalar va krematoriyalarni qamrab olganiga qaramay, Xitoyda 8 dekabrdan keyingi bir oy ichida mahalliy COVID-19 holatlaridan 37 ta o‘lim qayd etilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2022 yil dekabr oyi boshidan 2023 yil 12 yanvargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan ushbu ma’lumotni tahlil qilayotganini va bu epidemiologik vaziyatni hamda Xitoydagi ushbu to‘lqinning ta’sirini yaxshiroq tushunishga imkon berishini aytdi.
Qayd etilishicha, COVID-19 bemorlarini qabul qilish cho‘qqisi 2023 yil 5 yanvarda sodir bo‘lgan. O‘sha paytda 1,63 million odam kasalxonaga yotqizilgan va 12 yanvar holatiga ko‘ra 1,27 million bemor kasalxonada bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyda 11 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatning jami 64 foizi – 900 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi