Xitoy 3 oyning o‘zida koronavirus sabab qariyb 20 milliard dollar ishlab oldi

Olam

image

Xitoy tibbiyot buyumlarining eksporti miqdori 3 oy ichida 134,4 milliard yuanni (19,5 milliard dollar) tashkil qildi. Bu haqda Xitoy bojxona qo‘mitasi xabar beradi.

Ta’kidlanishicha, 509 million dona niqob, 216 million dona himoya kostyum, 810,3 million ko‘zoynak chet elga yuborilgan. Bundan tashqari, 162 million yangi koronavirusni aniqlash bo‘yicha test to‘plamlari, 727 ming sun’iy nafas berish moslamasi, 264,3 million infraqizil termometr, 10,4 million juft jarrohlik qo‘lqoplari dunyoning turli mamlakatlariga yetkazilgan.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida eng rivojlangan mamlakatlarda ham tibbiy buyumlarga ehtiyoj keskin ortdi. Xitoyning ushbu buyumlariga asosiy xaridorlar AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya bo‘ldi.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Eksport Xitoy Koronavirus

Baholaganlar

552

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing