Xebay faoliyatini Qarshida davom ettiradi
Sport
−
23 yanvar
2385Albaniya terma jamoasi hujumchisi Rubin Xebay Qarshining “Nasaf” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, albaniyalik futbolchi yangi klubi bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida, Xebay faoliyati davomida Albaniya, Ukraina, Saudiya Arabistoni va Tunis chempionatlarida to‘p tepgan. U 2023 yilgi mavsumni “Andijon” tarkibida o‘tkazgan va Superligada yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 yanvar kuni “Nasaf” Cheran transferini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

Maktablarda bahorgi ta’til qachondan boshlanadi?
34767
12 mart

Fojia va klip. Ayb kimda?
31910
12 mart