Xayr-ehson qilishda tadbirkorlar majburlanmayaptimi? SSP izoh berdi

Intervyu

Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov tadbirkorlar xayr-ehson qilishi hokimliklar tomonidan majburan qildirilmayapti, deb qat’iy aytmoqda. Bu haqda u palata vakillari va jurnalistlar o‘rtasida bo‘lgan uchrashuvda ta’kidlab o‘tdi. 

Qamariddin Shayxov, QALAMPIR.UZ Bosh muharriri: Viloyat, tuman hokimliklari “Saxovat va ko‘mak” markaziga xayr-ehson ishlarida tadbirkorlarni majburlab olib kelishmayaptimi? 

Adham Ikromov, Savdo-sanoat palatasi raisi:

“Koronavirus masalasida gapirsak, dunyo miqyosida aniq tashxis va davolash, shuningdek, uning zararlari qancha ekanining hisob-kitobi yo‘q. Prezidentimiz ham hech qanday qolipga tushib qolmaslikni aytadi. Shu sababli, viloyat va tuman hokimliklariga tizim ishlab berildi. 

Tadbirkorlarni jalb etish masalasiga kelsak, 100 foiz ayta olaman bunday emas. Masalan, ommaviy axborot vositalari erkin faoliyat olib boradi, to‘g‘rimi? Nimaga biz hokimliklarga beryapmizki, bir hududdan ikkinchi hududga borishda qiyinchilik bo‘lmasin. Bir viloyatdan ikkinchi viloyatga o‘tishda muammolar bo‘layotgandi. Ushbu masalada davlatimiz rahbariga chiqdik. Davlat rahbari bu masalada Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shuhrat Sobirovga topshiriq berdi. 4 mingta mashina ta’minlab berildi. Stikersiz yurishi ta’minlandi. Erkinlik shu tarzda hokimlik ishtiroki bilan ta’minlanmoqda. Agar xususiy firmalarga berilsa, bir hafta keyin yetib borishi mumkin. Barcha ishlar sanitar qoidalarga rioya etgan holda bajariladi, albatta. 

Davlat bu jarayonda o‘zining nazorat funksiyasini olib ish qilayotgani yo‘q. Osonlashtirish maqsadida shu yo‘ldan foydalanmoqda. Ko‘pchilikka tushunmayman. Davlat sal nazoratni bo‘shashtirib yuborsa ham tanqid qiladi, sal kuchaytirib yuborsa ham yomon qabul qiladi".   


Maqola muallifi

Teglar

Adham Ikromov

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing