O‘zbekistonning ikki vaziri ham mukofot oldi
Jamiyat
−
24 avgust
12279O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.
Farmonga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Sport vaziri Adham Ilhomovich Ikromov O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Adham Ikromov asli mutaxassisligi shifokor bo‘lib, Sport vazirligi rahbarligiga 2022 yil 30 dekabrda tayinlangan. Muqaddam 2009 yildan 2012 yilgacha va 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri sifatida faoliyat yuritgan. Qo‘ng‘irotboy Sharipov esa 2024 yil 2 fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri vazifasiga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli estrada xonandasi Sevara Nazarxon O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti hamda Ozoda Nursaidova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi