Oliy ta’limda 81 xodim poraxo‘rlik sababli jazolandi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida 2025 yilning 11 oyida 81 nafar soha xodimi korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan. Bu haqda bugun, 23 dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida korrupsion jinoyatlar soni saqlanib qolmoqda. Xususan, 2023 yilda 106 nafar, 2024 yilda 90 nafar, 2025 yilning 11 oyida esa 81 nafar soha xodimi korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, u “Korrupsiyasiz soha” loyihasi asosida kompleks nazorat tizimi joriy qilinib, shaffoflikni ta’minlash, inson omilini kamaytirish maqsadida “HEMIS”, diplom.edu.uz, vacancy.edu.uz kabi axborot tizimlari ishga tushirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalarida “Registrator ofis”lar tashkil etilib, bu orqali 30 dan ortiq davlat xizmatlari “Yagona darcha” tamoyili asosida elektron shaklda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Vazirlik tizimida esa “Situatsion markaz” orqali masofaviy audit hamda hududlarda profilaktik-nazorat tadbirlari amalga oshirilib, natijada 113,6 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar va samarasiz xarajatlarning oldi olingan, 4,4 mlrd so‘mlik huquqbuzarlikka oid materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Oliy ta'lim Qo'ng'irotboy Sharipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing