Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari berildi

Sport

image

Bugun, 21 dekabr kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida shu yili Xanchjouda o‘tkazilgan Osiyo va Para Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari topshirildi.

Tadbirda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, Paralimpiya qo‘mitasi rahbari Muxtorxon Toshxo‘jayev va boshqa sport federatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yilda qabul qilingan tegishli qaroriga ko‘ra,  Osiyo va Para Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan sportchilarga 10 ming, kumush medal sohiblariga 5 ming va 3-o‘rin egalariga 2,5 ming AQSH dollari pul mukofoti topshirildi.

Shuningdek, sportchilarni musobaqalarga tayyorlagan murabbiylariga ham pul mukofotlari berildi.

Sportchilarini tayyorlagan trenerlarga:

  • oltin medal uchun – 5 000 dollar;
  • kumush medal uchun – 2 500 dollar;
  • bronza medal uchun – 1 250 dollar.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida 71 ta, Para Osiyo o‘yinlarida esa 79 ta medal jamg‘argandi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Oybek Qosimov Adham Ikromov Para Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing