Xavotirli raqamlar: koronavirusga chalinganlar 120 milliondan oshdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ayni paytga qadar dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 120 mln 227 mingdan oshdi. Bu haqda Jons Xopkins universiteti statistik ma’lumotlari darak bermoqda. 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 391 231 yangi holati aniqlandi, 7 110 nafar bemor vafot etdi.

Koronavirus tarqalishi bo‘yicha AQSH (29 495 421), Braziliya (11 519 609), Hindiston (11 409 831), Rossiya (4 350 728), Buyuk Britaniya (4 276 840) yetakchilik qilyapti.

Dunyo bo‘yicha koronavirusdan 2 660 721 kishi vafot etgan. 

O‘lim holatlarining 535 628 tasi AQSHda, 279 286 tasi Braziliyada, 194 944 tasi Meksikada, 158 856 tasi Hindistonda, 125 817 tasi Buyuk Britaniyada qayd etilgan.

Koronavirusning ilk o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyda esa shu paytgacha 101 421 kishida koronavirus aniqlangan, 4 839 kishi vafot etgan. 

Joriy yilning 10 mart kuni Robert Kox instituti prezidenti, professor Lotar Viler Germaniyada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, bu butun Yevropaga xavf tug‘dirishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge koronavirus pandemiyasi 2022 yilning boshida tugashi mumkinligini ma’lum qilgan. U pandemiya bilan bog‘liq eng yomon ssenariy o‘tib bo‘lganini taxmin qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 15 mart holatiga O‘zbekistonda ushbu kasallikka chalinganlar 80 743 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 750 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus dunyo

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing