Xavi Toshkentda! “Paxtakor”ni jiddiy o‘yin kutmoqda

Sport

image

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3 tur o‘yinlariga bugundan start beriladi.

Ertaga 3 tur doirasida Toshkentning “Paxtakor” klubi Qatarning “Al-Saad” jamoasini qabul qiladi. Ma’lumot uchun, “sherlar” tarkibida Xavi, Gabi, Al Haydos va Bunedja kabi futbolchilari bor jamoaga qarshi o‘ynaydilar. 

Bundandan tashqari “Al Saad” joriy mavsumda 21ta o‘yinda 92ta gol urdi. Jamoa hujumchisi Bog‘dod Bunedja esa, shu gollarning 40tasiga mualliflik qilgan.

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, Qatar klubi muddatidan oldin o‘z milliy chempionati g‘olibiga aylandi. Endi jamoa bemalol xalqaro bahslarga bor e’tiborini qaratishi mumkin.

“Paxtakor” – “Al-Saad” bahsi 9 aprel kuni “Paxtakor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

OChL

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing