“Andijon” bugun Osiyo Chempionlar ligasi 2 da yurishini boshlaydi

Sport

image

Bugun, 17 sentyabr kuni “Andijon” klubi OFK Chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi yurishini boshlaydi. Amaldagi O‘zbekiston kubogi sohibi Turkmanistonning “Arqadag‘” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

OFK Chempionlar ligasi 2 da O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan “burgutlar” OFK tomonidan o‘tkaziladigan OFK Chaqiruv Ligasi g‘olibi bilan bahs olib boradi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 18:45 da Arqadag‘ shahrida joylashgan “Arqadag‘” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Andijon” bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirdi.

“Biz Turkmaniston milliy jamoasiga qarshi o‘ynashimizni tushinib turibmiz. Milliy jamoaning 99 foiz o‘yinchilari “Arqadag‘” jamoasi a’zolari sanaladi. Biz bu o‘yinga jiddiy tayyorlandik. Aksiga olib, biz bu turnirda yangimiz. O‘ylaymanki, ertaga qiziqarli va jiddiy o‘yin bo‘ladi. Tezkor va tartibli o‘yin namoyish etamiz, deb umid qilaman. Asosiysi – natija. Biz bu yerga durang uchun kelganimiz yo‘q, tabiiyki, g‘alaba uchun o‘ynaymiz”, deydi “Andijon” jamoasi bosh murabbiysi Maksim Shatskix.

Uchrashuvni Singapurlik Axmad Al Qashax bin Axmad Al Badove boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Manoj Kalvani, Ashokraj Jivaradjalar yordam beradi. Zaxira hakami ham Singapurlik Leov Xong Vey.
 
Ma’lumot uchun, Andijon jamoasi guruhida Arqadag‘dan tashqari “Al Ahli” va “Al-Xolidiya” jamoalari  ham o‘rin olgan.

“Andijon” jamoasining o‘yinlar taqvimi: 

  • 1-tur – 17 sentyabr. “Arkadag‘” – “Andijon”;
  • 2-tur – 1 oktyabr. “Andijon” – “Al-Ahli”;
  • 3-tur – 22 oktyabr. “Andijon” – “Al-Xolidiya”;
  • 4-tur – 5 noyabr. “Al-Xolidiya” – “Andijon”;
  • 5-tur – 26 noyabr. “Andijon” – “Arkadag‘”;
  • 6-tur – 24 dekabr. “Al-Ahli”- “Andijon”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshining Nasaf jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasidagi yurishini Saudiya Arabistonining “Al Ahli ” jamoasiga qarshi 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

OChL “Andijon” “Arkadag'”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing