OCHL. “Nasaf” “Al-Faysali”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 27 noyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshining “Nasaf” klubi Iordaniyaning “Al-Faysali” jamoasiga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobda g‘alaba qozondi.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari birinchi bo‘limni biroz muvaffaqiyatsiz boshladi, taym yakunida mehmon jamoa vakili Roziq Bani Hani hisobni ochdi. 

Ikkinchi bo‘lim boshida esa qarshiliklar Lima Kruzning goli evaziga muvozanatni tikladi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Zafarmurod Abdurahmatov super gol urib, “Nasaf”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 

Bahsning 68-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan Marko Stanoyevich jarima zarbasini to‘g‘ri amalga oshirdi va hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Shu tariqa o‘zbekistonlik futbolchilar 3:1 ko‘rinishidagi hisob bilan mehmon jamoadan ustun keldi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 27 noyabr kuni Olmaliqning OKMK klubi ham o‘z uyida o‘yin o‘tkazmoqda. Ular Olmaliq shahridagi markaziy stadionda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi  bilan kuch sinashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

OChL Nasaf Al-Faysali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing