Benzema O‘zbekistonga kelmoqda

Sport

image

Joriy yilning 27 noyabr kunida futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) guruh bosqichining 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur tur doirasida Olmaliqning OKMK klubi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubini qabul qiladi.

Saudi klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistondagi o‘yinda ishtirok etish uchun “Al-Ittihod”ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema ham O‘zbekistonga kelmoqda.

Shuningdek, “Al-Ittihod” tarkibida fransiyalik yana bir mashhur futbolchi N’golo Kante ham to‘p tepadi.

“C” guruhidan joy olgan Mirjalol Qosimov shogirdlari hali OCHLda ochko ishlay olmadi. Jamoaning musobaqadan chiqib ketishi aniq bo‘lib ulgurgan. Jidda klubi esa muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qilib ulgurgan.

Ma’lumot uchun, OKMK-“Al-Ittihod” bahsi 27 noyabr kuni, soat 21:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

OChL O'zbekiston Karim Benzema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing