Ronaldu bir shart evaziga “Al-Nasr”ni tark etmasligi mumkin
Sport
−
05 may 15804 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya klubi joriy mavsum OCHL yo‘llanmasidan quruq qolsa jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “Al-Sharq” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Al-Ahli” Elit ligani yutganidan so‘ng, Saudiya chempionatida 3-o‘rinni olgan jamoa uchun musobaqa eshiklari yopildi. Endi faqatgina Saudiya Arabistoni Pro -ligasida chempion va vitse-chempion Elit liga yo‘llanmasiga ega chiqadi.
Qayd etish kerak, “Al-Nasr” joriy mavsum Saudiya chempionati 30-turiga qadar 60 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni band etmoqda. Riyodliklardan bir pog‘ona yuqorida “Al-Hilol” 62 ochko bilan bormoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr