Xanchjou-2022. O‘zbekistonlik para sportchilarning bugungi natijalari qanday?

Sport

image

Bugun, 24 oktyabr – Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan VI yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 2-kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilar mamlakat delegatsiyasi hisobiga 6 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Oltin medal:

•  Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida KL3 klassi bahslarida Hasan Qo‘ldashev 42.258 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

•  Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida KL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda esa Shaxnoza Mirzayeva 50.680 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. U delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

•  Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida VL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda Hayitmurod Sherqo‘ziyev 49.345 soniya natija bilan marraga birinchi kesib o‘tib, navbatdagi oltin medalga egalik qildi.

•  Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan para Doniyor Saliyev 7.28 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

•  Suzish bo‘yicha S13 klassida erkaklar o‘rtasida 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etgan 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi musobaqaning sovrinli o‘rinlariga ega chiqdi. Jumladan, 4:24.68 daqiqa qayd etgan Dmitriy Xorlin oltin, 4:28:59 daqiqa natija ko‘rsatgan Firdavs Musabekov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

•  Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F46 klassida nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Shaxinaxon Yigitaliyeva 40.90 metr natija bilan barcha raqiblarini ortda qoldirdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Kumush medal:

•  Para dzyudo bellashuvlarining erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida ikki nafar O‘zbekiston vakili sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, Feruz Saidov kumush, Uchqun Quronboyev esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

•  Para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metrga brass usulda suzish bellashuvlarida qatnashgan Firdavs Musabekov 1:08.36 daqiqa natija qayd etib kumush medaliga ega chiqdi.

•  Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F13 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nozimaxon Qayumova 43.36 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

•  Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F56 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nataliya Semyonova esa 17.40 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

•  Xuddi shunday para yengil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.34 metr natija bilan ikkinchi bo‘ldi va O‘zbekistonga navbatdagi kumush medalni olib keldi.

•  Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T36 klassida  uzunlikka sakrash bahsida Izzat Turg‘unov o‘z ishtirokini yakunladi. U 5.55 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bronza medal:

•  Para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Qudrat Haydarov bronza medaliga ega chiqdi. 

•  Para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Javohir Aliqulov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

•  Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasidagi Kumush Xo‘jayeva bronza medaliga ega chiqdi. U hal qiluvchi bahsda dzyudo vatani hisoblangan Yaponiya terma jamoasi sportchisidan 10:0 hisobida ustun keldi.

•  Para yengil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish dasturida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Mohigul Hamdamova 9.31 metr natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi va delegatsiyamiz hisobiga yana bir bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, hozirda delegatsiya hisobida jami 38 ta medal (12 ta oltin, 12 ta kumush, 14 ta bronza) bor. O‘zbekiston bu orqali medallar jamg‘arish bo‘yicha umumiy reytingning 4-pog‘onasini egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing