Xanchjou-2022. Suzish bo‘yicha uchala medal ham o‘zbekistonliklarga nasib qildi
Sport
−
23 Oktabr 2023
3973Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan VI Para Osiyo o‘yinlarining suzish bahslarida qatnashgan 3 nafar o‘zbekistonlik sportchining har biri sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.
Unga ko‘ra, biroz avval para suzishning erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida ishtirok etgan uchala O‘zbekiston vakili ham medallarga ega chiqqan.
Jumladan, Muzaffar Tursunxo‘jayev oltin, Islom Aslonov kumush va Kirill Pankov bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida bellashuv finaliga qadar yetib kelgan Kamron Nurilloyev oltin, Sherzod Namozov esa kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Shuningdek, Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik.
Bundan tashqari, Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Safiya Burxonova ham oltin medalga ega chiqqandi.