Xalq ta’limi vazirligi yangi binoga ko‘chib o‘tgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Xalq ta’limi vazirligi yangi binosida qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetgunga qadar vaqtinchalik Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markaziga ko‘chdi. Bu haqda XTV Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalq ta’limi vazirligining vaqtinchalik binosi Toshkent shahri, Mirobod ko‘chasi, 14-uyda joylashgan. Mo‘ljal — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki Yakkasaroy FXDYO.

Ko‘chish munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligining telefon raqamlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markazi Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 9-uyga vaqtinchalik ko‘chirilgan.

Hududiy markazning iyun oyida rejalashtirilgan darslari Toshkent shahridagi bir necha maktablarda bo‘lib o‘tadi. Ta’til tufayli iyul va avgust oylarida darslar bo‘lmaydi.
 


Maqola muallifi

Teglar

XTV

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing