Xalqaro olimpiadada 2 ta oltin medal olgan o‘quvchiga ham “Faxriy yorliq” beriladimi?

Jamiyat

image

Avvalroq 17 yoshli Humoyun Baxtiyorov Italiya poytaxti Rim shahrida o‘tgan xalqaro fan olimpiadasida mustaqil O‘zbekistonning 32 yillik tarixida ilk bor ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritgani, biroq unga vazirlik tomonidan “zambarakning o‘qi” ham berilmagani haqida katta maqola va videointervyu e’lon qilgan edik. Mazkur video QALAMPIR.UZ'ning You tube sahifasida joylanganidan roppa-rosa 17 kun o‘tib, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘zining rasmiy munosabatini bildirdi.

Boshqarmaga ko‘ra, Rimda o‘tgan fan musobaqasini yuqori natijalar bilan yakunlagan Humoyun Baxtiyorovning g‘alabasi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlardagi tegishli sahifalarida darrov e’lon qilingan. 

Shuningdek, u Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman bo‘limi mas’ullari, maktab ma’muriyati, ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olingan.

Keltirilishicha, e’tiborsiz qoldirilgani iddao qilinayotgan chempionning taqdirlanishi o‘z vaqtida, ta’tilda emas, balki yangi o‘quv yili avvalida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Xalqaro olimpiada ayni yozgi ta’til chog‘iga to‘g‘ri kelgani munosabati bilan o‘quvchini tantanali taqdirlash maktab ma’muriyati tomonidan 4 sentyabr kuni bo‘ladigan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri doirasida o‘z maktabdoshlari guvohligida uyushtirilishi belgilangan”, deyiladi munosabatda. 

Biroq mas’ullar Humoyunga aynan qanday sovg‘a berishi va uning qiymati haqida ma’lumot bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

olimpiada tarix International history olympiad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing